“Oila shifokori faoliyatida ko‘p uchraydigan kasalliklarni tashxislash va
zamonaviy davolash. Asosiy amaliy ko‘nikmalari ”
umumiy malaka oshirish kursi o‘quv dasturi
(o‘qish muddati – 144 kredit)
Maqsadi: Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida faoliyat yurituvchi umumiy amaliyot shifokorlari bilimlarini zamonaviy, innovatsion, isbotlangan tibbiyot tamoyillariga asoslangan xalqaro ilmiy-amaliy ma’lumotlar bilan ularning malakaviy xarakteristikasiga mos holda oshirish.
Vazifalari: Umumiy malaka oshirish o‘quv jarayonini modulli tibbiy ta’lim tamoyili bo‘yicha, zamonaviy, innovatsion, isbotlangan tibbiyotga asoslangan xalqaro ilmiy-amaliy ma’lumotlarni davlat talablariga mos holda tuzilgan o‘quv dasturi bo‘yicha tizimli tashkillashtirish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘rsatiladigan profilaktik, tashxislash va davolash uchun kerakli amaliy ko‘nikmalarni mustaqil qo‘llashga tayyorgarlikni shakllantirish.
O‘QUV RЕJASI KOMPONЕNTLARI
| Fanning nomi | Hajmi |
| Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimidagi me’yoriy hujjatlar | 3 kun/18 s. |
| Ichki kasalliklarni SSBBda tashxislash va zamonaviy davolash | 7 kun/42 s. |
| SSBBda bolalar kasalliklarini tashxislash va zamonaviy davolash | 7 kun/42 s. |
| SSBBda ginekologik kasalliklarni tashxislash va zamonaviy davolash | 3 kun/18 s. |
| SSBBda jarrohlik yo‘nalish kasalliklarini tashxislash va zamonaviy davolash | 4 kun/24s. |



