“Oila shifokori faoliyatida ko‘p uchraydigan kasalliklarni tashxislash va

zamonaviy davolash. Asosiy amaliy ko‘nikmalari 

umumiy malaka oshirish kursi o‘quv dasturi

(o‘qish muddati 144 kredit)

Maqsadi: Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida faoliyat yurituvchi umumiy amaliyot shifokorlari bilimlarini zamonaviy, innovatsion, isbotlangan tibbiyot tamoyillariga asoslangan xalqaro ilmiy-amaliy ma’lumotlar bilan ularning malakaviy xarakteristikasiga mos holda oshirish.

Vazifalari: Umumiy malaka oshirish o‘quv jarayonini modulli tibbiy ta’lim tamoyili bo‘yicha, zamonaviy, innovatsion, isbotlangan tibbiyotga asoslangan xalqaro ilmiy-amaliy ma’lumotlarni davlat talablariga mos holda tuzilgan o‘quv dasturi bo‘yicha tizimli tashkillashtirish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘rsatiladigan profilaktik, tashxislash va davolash uchun kerakli amaliy ko‘nikmalarni mustaqil qo‘llashga tayyorgarlikni shakllantirish.

O‘QUV RЕJASI KOMPONЕNTLARI

 

 

Fanning nomi Hajmi
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimidagi me’yoriy hujjatlar 3 kun/18 s.
Ichki kasalliklarni SSBBda tashxislash va zamonaviy davolash 7 kun/42 s.
SSBBda bolalar kasalliklarini tashxislash va zamonaviy davolash 7 kun/42 s.
SSBBda ginekologik kasalliklarni tashxislash va zamonaviy davolash 3 kun/18 s.
SSBBda jarrohlik yo‘nalish kasalliklarini tashxislash va zamonaviy davolash 4 kun/24s.