BERNICA ISTANBUL STUDY TOUR

2023-yil 6-10-noyabr kunklari Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari Erasmus+ BERNICA loyihasi bo‘yicha Turkiyaning Istanbul shahriga Nutrisiologiya va dietologiya bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish mashg‘ulotlari uchun xizmat safariga uchib ketdilar. O‘quv mashg‘ulotlari noyabr oyining 6-sanasidan boshlanib 10-sanasigacha davom etdi. Bunda loyiha asoschisi, grant sohibi Qirg‘iziston Respublikasi Xalqaro tibbiyot maktabi professor o‘qituvchisi Kenesh Oskanbayevich Jusupov ham ishtirok etdi. O‘quv…

Read More

2023-yil o’quv yilining dastlabki guruhlari malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli o’zlashtirishdi!

2023-yilning 04-09-sentabr kunlari hamda 11.09-16.09-sentabr kunlari Toshkent viloyatining oilaviy shifokorlari «Keng tarqalgan yurak qon-tomir va endokrinologik kasalliklarni sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida tashxislash va zamonaviy davolash» va “Nafas olish tizimining  keng tarqalgan kasalliklarini sog‘liqni saqlashning birlamchi bо‘g‘inida tashxislash va zamonaviy davolash” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish kursida muvaffaqiyatli tahsil olishdi. Oilaviy shifokorlarga kelajakdagi ishlariga omad va…

Read More

Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini shifokorlari uchun e’lon (OShP dan KTMP gacha)!

Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi 2023-2024 o‘quv yili uchun 4-sentabrdan navbatdagi 144 soatli malaka oshirish sikllari boshlanishini ma’lum qiladi. Ushbu sikllarda yuqorida ko‘rsatilgan davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yurituvchi terapevtik va pediatrik yo‘nalishda shifokorlar, oilaviy shifokorlar o‘qishlari mumkin. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga TTAning yuridik kuchga ega bo‘lgan sertifikati topshiriladi. Viloyatlardan kelganlar kafedra binosining yonida joylashgan yotoqxona bilan ta’minlanadilar. O‘qishga…

Read More

BERNICA loyihasi yangiliklari: Xodimlar Summer schooldan qaytishdi

                      2023-yil 26-iyun-6-iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l tumanida Erasmus+ BERNICA loyihasi doirasida O‘rta Osiyo mamlakatlari sog‘lom ovqatlanishiga bag‘ishlangan “Summer school” malaka oshirish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi professor o‘qituvchilari: Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri, professor Ermatov Nizom Jumaqulovich, kafedra assistenti Ashurov Jamshid…

Read More

BERNICA loyihasi yangiliklari: Qirg’izistonda Summer School bo’ladi

Erasmus+ BERNICA loyihasi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari 2023-yilning 25-iyunidan 6-iyuliga qadar Qirg’iziston Respublikasi Cho’lpon ota shahrida Summer school malaka oshirish dasturida bo’lishadi. Dasturda elektron o’qitish tizimining zamonaviy usullari va yo’l-yo’riqlari o’rgatilishi ko’zda tutilgan. Bu esa kelajakda talabalar yanada sifatli ta’lim olish uchun zamin yaratadi.

Read More

BERNIKA LOYIHASI YANGILIKLARI: Bizning logotipimiz eng yaxshisi

Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturining Markaziy Osiyoda ovqatlanish va dietologiya sohasida ta’lim salohiyatini oshirish bo‘yicha “BERNICA” loyihasi doirasida loyiha logotipini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. 9 ta universitetning barcha taklif etilgan variantlari ko‘rib chiqilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi Raqamli texnologiyalar markazi boshlig’i Abror Kamolitdinovich Musaxonov tomonidan ishlab chiqilgan logotip BERNICA loyihasi uchun “Eng yaxshi logotip” deb…

Read More