Toshkent tibbiyot akademiyasi Erasmus+ «International Days» doirasida BERNICA loyihasning xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasida 10-11-aprel kunlari xalqaro anjuman o’tkazildi. Bugungi kunda aholining sog‘lom ovqatlanishi, to‘g‘ri oziqlanish madaniyatini shakllantirish hamda turli yosh guruhlarining ovqatlanish xususiyatlarini o‘rganish — global salomatlik muammolari qatorida turibdi. Toshkent tibbiyot akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Nutritsiologiya va dietologiyaning dolzarb masalalari: aholining turli guruhlarini ovqatlanish xususiyatlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman…

Read More

2025-yil uchun malaka oshirish kurslari davom etadi

Hurmatli shifokorlar! 2025-yil yanvar-iyun oylari uchun Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi umumiy va mavzuli malaka oshirish darslari davom etadi. Darslarimiz 2025-yil 6-yanvardan Shifokorlar shaharchasida joylashgan 16-son oilaviy poliklinikada boshlanadi. Viloyatlardan kelganlar kafedra binosining yonida joylashgan yotoqxona bilan ta’minlanadilar. O‘qishga yo‘llanmalar Toshkent shahri va viloyati, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari VSSBlarining kadrlar bo‘limiga 1 hafta ichida yetkaziladi,…

Read More

2024-2025-o’quv yili boshlandi

Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi 2024-2025 o‘quv yili uchun 2-sentabrdan navbatdagi 144 soatli malaka oshirish sikllari boshlanishini ma’lum qiladi. Ushbu sikllarda yuqorida ko‘rsatilgan davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yurituvchi terapevtik va pediatrik yo‘nalishda shifokorlar, oilaviy shifokorlar o‘qishlari mumkin. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga TTAning yuridik kuchga ega bo‘lgan sertifikati topshiriladi. Viloyatlardan kelganlar kafedra binosining yonida joylashgan yotoqxona bilan ta’minlanadilar. O‘qishga…

Read More

BERNICA GRAZ STUDY TOUR

2024-yil 15-19-aprel kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari Erasmus+ BERNICA (O‘rta Osiyo mamlakatlarida Nutritsiologiya va dietologiya bo‘yicha ta’lim va tadqiqot salohiyatini oshirish) loyihasi bo‘yicha Avstriya davlatining Grats shahridagi FH JOANNEUM universitetiga tashrif buyurdilar. O‘quv mashg‘ulotlari aprel oyining 15-sanasidan boshlanib 19-sanasigacha davom etdi. O‘quv mashg‘ulotlarida Markaziy Osiyoning O‘zbekiston Respublikasidan Toshkent tibbiyot akademiyasi va Buxoro tibbiyot instituti, Qirg‘iziston…

Read More