2022 yil 21 sentyabr kuni soat 9.00da Toshkent tibbiyot akademiyasining Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsentlari Sh.B.Raxmatullaeva, I.A.Imamova, Epidemiologiya kafedrasi mudiri, professor G.S.Matnazarova va Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi mudiri R.K.Dadabaeva, katta o‘qituvchisi A.K.Kulkaraevlar tomonidan “Virusli gepatitlar. Zamonaviy tashxislash va davolash usullari” mavzusida integral ma`ruza Toshkent tibbiyot akademiyasi Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasining ma`ruzalar zalida o‘tkazildi. Integral ma`ruzada kafedralar pedagoglari, talabalari va tinglovchilari ishtirok etishdi.