Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi 2023-2024 o‘quv yili uchun 4-sentabrdan navbatdagi 144 soatli malaka oshirish sikllari boshlanishini ma’lum qiladi. Ushbu sikllarda yuqorida ko‘rsatilgan davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yurituvchi terapevtik va pediatrik yo‘nalishda shifokorlar, oilaviy shifokorlar o‘qishlari mumkin. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga TTAning yuridik kuchga ega bo‘lgan sertifikati topshiriladi.
Viloyatlardan kelganlar kafedra binosining yonida joylashgan yotoqxona bilan ta’minlanadilar.
O‘qishga yo‘llanmalar Toshkent shahri va viloyati, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari VSSBlarining kadrlar bo‘limiga 1 hafta ichida yetkaziladi, ularga murojaat qilib olishingiz mumkin.
4-sentabrdan 30-sentabrgacha va
2-oktabrdan 28-oktabrgacha oilaviy tibbiyotda ko‘p uchraydigan kasalliklar bo‘yicha 144 soatlik;
30-oktabrdan 25-noyabrgacha oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar (terapiya) bo‘yicha 144 soatlik;
27-noyabrdan 23-dekabrgacha oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari (pediatriya) bo‘yicha 144 soatlik sikllari rejalashtirilgan va SSVda tasdiqlangan.
Hurmatli oilaviy shifokorlar! Yuqorida ko‘rsatilgan 144 soatli o‘qishlar bilan parallel ravishda SSVning buyrug‘i bilan72 soatli sikllar boshlanmoqda.