Hurmatli shifokorlar! 2025-yil yanvar-iyun oylari uchun Vrachlar malakasini oshirish kafedrasi umumiy va mavzuli malaka oshirish darslari davom etadi.
Darslarimiz 2025-yil 6-yanvardan Shifokorlar shaharchasida joylashgan 16-son oilaviy poliklinikada boshlanadi.
Viloyatlardan kelganlar kafedra binosining yonida joylashgan yotoqxona bilan ta’minlanadilar.
O‘qishga yo‘llanmalar Toshkent shahri va viloyati, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari VSSBlarining kadrlar bo‘limiga 1 hafta ichida yetkaziladi, ularga murojaat qilib olishingiz mumkin.
oilaviy tibbiyotda ko‘p uchraydigan kasalliklar bo‘yicha 144 soatlik;
oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar (terapiya) bo‘yicha 144 soatlik;
oilaviy tibbiyotda bolalar kasalliklari (pediatriya) bo‘yicha 144 soatlik sikllari rejalashtirilgan va SSVda tasdiqlangan.
Hurmatli oilaviy shifokorlar! Yuqorida ko‘rsatilgan 144 soatli o‘qishlar bilan parallel ravishda SSVning buyrug‘i bilan 72 soatli sikllar ham davom etmoqda.

