2024-yil 15-19-aprel kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlari Erasmus+ BERNICA (O‘rta Osiyo mamlakatlarida Nutritsiologiya va dietologiya bo‘yicha ta’lim va tadqiqot salohiyatini oshirish) loyihasi bo‘yicha Avstriya davlatining Grats shahridagi FH JOANNEUM universitetiga tashrif buyurdilar. O‘quv mashg‘ulotlari aprel oyining 15-sanasidan boshlanib 19-sanasigacha davom etdi. O‘quv mashg‘ulotlarida Markaziy Osiyoning O‘zbekiston Respublikasidan Toshkent tibbiyot akademiyasi va Buxoro tibbiyot instituti, Qirg‘iziston Respublikasidan Xalqaro tibbiyot maktabi va O‘sh Davlat Universiteti, Qozog‘iston Respublikasidan Qozog‘iston milliy universiteti va Karaganda tibbiyot institute, Tojikiston Respublikasidan Xatlon tibbiyot universtiteti mutaxassislari ishtirok etdilar.

15-aprel kuni tashrifning birinchi kuni FH JOANNEUM universiteti professori, Avstriya sport nutritsiologiya jamiyatining prezidenti Dr. Manuela Konrad hamda universitet rahbari Dr. Elisabeth Pail  so‘zga chiqib, Grats universiteti tarixi va nutritsiologiya bo‘yicha qilingan ishlar haqida tanishtirdilar.

Keyin esa Dr. Anastasia Sfiri so‘zga chiqib, 3 kunlik dars o‘tish rejasi bilan tanishtirib o‘tdilar.

Dr. Anastasia Sfiri tomonidan Moodle tizimida Online dars o‘tish usullari bo‘yicha o‘zlari qo‘llayotgan amaliyot bo‘yicha mahorat darslari o‘rgatildi.

Bundan tashqari, BERNICA bo‘yicha kcihik guruhlar o‘zlarining qilgan ishlari haqida qisqa ma’lumotlarni taqdimot ko‘rinishida namoyish etib berdilar. Bunda har bir guruh vakili so‘zga chiqib, guruh a’zolari, guruhdagi o‘quv materiallari, videolarni Moodle tizimiga joylashtirilganligi haqida ma’lumot berdilar.

Shu kuni FH JOANNEUM universitetining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar auditoriylari, laboratoriyalari hamda kutubxonasi bilan tanishtirildi.

Tashrifning 3-kuni ham Dr. Anastasia Sferi tomonidan online mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘nikmalar o‘rgatildi. Guruhlarga bo‘lingan holda amaliy ko‘nikma hosil qilindi.

Tashrifning 4-kuni FH JOANNEUM universitetining 2-o‘quv bazasiga tashrif buyurildi.

ERASMUS+ BERNICA loyihasi xalqaro grant bo‘lib, bunda O‘rta Osiyo mamlakatlarida nutritsiologiya va dietologiyani rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilingan. Mana shunday keng ko‘lamli loyihalarda Toshkent tibbiyot akademiyasi ham ishtirok etishi, nafaqat oliygoh nufuzini oshiradi, balki nutritsiologiya va dietologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Yaratilgan Moodle dasturlaridan kelajakda bakalavriat, magistratura, oilaviy shifokorlar o‘quv dasturiga kiritilib Markaziy Osiyo aholisini maqsadli guruhlarida to‘g‘ri va samarali ovqatlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.